21 sentyabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami

21 sentyabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami

21 sentyabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami

DO`STLARGA ULASHING:

21 sentyabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami
 Mal’ta Respublikasi 1964 yilning 21 sentyabrida mustaqillikka erishdi. Milliy bayramlari: 21 sentyabr – Mustaqillik kuni, 13 dekabr – Respublika kuni, 8 sentyabr – G’alaba kuni. Mal’ta Respublikasi, poytaxti – Valetta, hududi – 396 km2. Aholisi – 517500 kishi (2012). Davlat tili – mal’ta va ingliz tili. Davlat dini – xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi yevro.
Joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubida, O’rta Yer dengizidagi Sisiliyaning janubidagi orollar (Mal’ta, Goso, Kominotto, Komino, Filfla) da joylashgan davlat. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 140km. Mamlakatning katta qismi ohaktosh yassitog’ligidan iborat. Qirg’oqlarida past qoyalar, ko’p sonli sohilbo’yi qiyaliklari mavjud. Mamlakat ko’p sonli ko’rfazlar va juda qulay bo’g’ozlarga ega. Tabiiy resurslarga boy emas (ohaktosh, osh tuzi). Ishlov beriladigan yerlar mamlakatning 38% hududini egallaydi. Iqlimi – O’rta Yer dengiziga xos: qishda namgarchilik, yozda issiq va quruq.

21 sentyabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami