MUSTAQILLIK MAYDONI
MUSTAQILLIK MAYDONI — Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va b. tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917-y. gacha Sobor maydoni, 1917—66 y. larda Qizil maydon, 1966—91 y. lar Lenin nomidagi maydon, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-y. dan Mustaqillik maydoni deb atala boshlagan. Mustaqillik maydoni hajmiy tuzilishi ja-n. dan shim. ga choʻzilgan koʻpyokli hududiy mujassamotni tashkil qiladi. Ansambl meʼmoriy uslub va koʻlami jihatidan yaxlit turli maʼmuriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruksiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, meʼmorlar V. Arxangelskiy, A. Petlina va A. Sidorov) oʻrta asr mahobatli meʼmoriy shakl yoʻnalishida (serustunli, ravokli, mayda gumbazli) boʻlgan. Keyinchalik mumtoz va milliy meʼmoriy anʼanalar oʻzlashtirilgan holda order tizimi yoʻnalishi amalga oshirilgan (meʼmorlar A. Boboxonov, V. Volchak, S. Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ishlangan (1946, 1954—65), xoz. kunda bu binolar oʻrnida yangi bino barpo etilishi loyixalashtirilmoqda.
Ensiklopediya.uz
MUSTAQILLIK MAYDONI