MUIN XALFA BOBO MAQBARASI

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (19-a.). Samarqandlik xalfa (quruvchi, usta) Muin oʻzi uchun qurdirgan. Makbara peshtoq gumbazli, bir xonali. Umumiy tarhi 5,48×6,16 m, goʻrxona murabba tarhli (3,05×3,05 m). Unda Muin buva va oʻgʻli Umarxon sagʻanasi saqlangan. Xonaga yorugʻlik gʻarbiy devoridagi panjara bilan bezatilgan tobadondan tushadi. Qurilishida silliqlangan pishiqgʻisht (24x25x3,5 sm) dan foydalanilgan.

Ensiklopediya.uz
MUIN XALFA BOBO MAQBARASI