OSSUARIY

OSSUARIY

OSSUARIY, ostadon (lot. os — suyak) — zardushtiylik diniga mansub xalklarda marhumning suyagi solingan sopol, tosh yoki ganch idish, suyakdon. Zardushtiylarda oʻlikni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular «Ona yer mukaddas, u barcha jonzotning boquvchisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak», degan aqidaga rioya qilishgan. Shuning uchun ham xar bir qish-loq, tuman, shaxarda, togʻ yon bagʻri yoki baland tepalikda maxsus supalar yasab, oʻlikni oʻsha yerga eltib barahna (yalangʻoch) tarzda qoʻyishgan. Oʻlimtikxoʻr hayvon va parrandalar murda goʻshtlarini yeb ketgach, suyaklarini yigʻishtirib olib, alohida joyda asrashgan. Baʼzi qavmlarda oʻlik kuydirilib, kuli yigʻishtirilib, eʼzozlab asralgan. Jamoada ajdodlar ruhini avaylab, ana shu suyaklarning baʼzi qismini, kulni saqlash maqsadida qopqokli xumga oʻxshatib Ossuariy — suyakdonlar yasashgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma naqshli tarzda yasalib, maxsus xumdonlarda pishirilgan. Ular turli hajmda boʻlgan. Bosh suyaklar saqlanadigan Ossuariy larning qopqogʻi tutqichiga marhum kallasining tasviri tushirilgan. Ossuariy oʻta mukammal ishlangan.

Ensiklopediya.uz
OSSUARIY