ORGANIZMLAR SISTEMASI
ORGANIZMLAR SISTEMASI — Yer yuzida mavjud boʻlgan va qirilib ketgan organizmlar sistemasi. Tirik orga-nizmlarning 2 mln. dan ortiq (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 2,5—3 mln. ga yaqin) turi mavjud. Zamonaviy sistematika turlar oʻrtasida qarindoshlik munosabatlarini namoyon qiladigan turdan va kenja turlardan boshlab eng yuksak taksonlar — sinflar, boʻlimlar (tiplar) va dunyolargacha boʻlgan darajada ishlab chiqiladigan filogenetik, yaʼni evolyutsion sistemani tuzishga harakat qilmokda. Ammo 19-a. dayoq ayrim olimlar barcha bir hujayralilar yoki hatto tuban organizmlar (sodda hayvonlar, suv oʻtlari, tuban zamburugʻlar)ni mustaqil dunyoga ajratish-ni, ayrim mikologlar esa zamburugʻlarga alohida dunyo sifatida qarashni taklif etishgan. Shunga qaramay, 20-a. oʻrtalarigacha organik olam faqat oʻsimliklar va hayvonlar dunyosiga ajratib kelindi. Faqat 20-a. oʻrtalarida elektron mikroskopiya va molekulyar biolo-giyaning rivojlanishi bilan yuksak taksonlar sistemasini butunlay yangidan qayta ishlab chiqish boshlandi.
Ensiklopediya.uz
ORGANIZMLAR SISTEMASI