MEHDI HASAN

MEHDI HASAN

MEHDI HASAN (1934, Hindiston, Rojasthon shtati) — xonanda va bastakor. Dastlabki musiqa saboqlarini otasi Azimxon va amakisi Ismoilxonlardan olgan. 8 yoshidan sayil, bayram va toʻylarda qatnashib, oʻzining moʻjaz ijroyeib-n xalq olqishiga sazovor boʻlgan. 1947-y. dan Pokistonning La-hor shahrida istiqomat qiladi. 18 yoshga qadar «Bheyrav», «Malkuns», «Megh» /kggolarini ijro etib, «Txumri», «Xayol», «Git» kabi «gʻazal» janriga mansub asarlarni mukammal egallagan. Urdu, hind, fors, pushtu, sind, rojastoniy va b. tillarda yaratgan mumtoz hamda zamondosh shoirlar sheʼrlari asosida bastalagan asarlari butun Pokiston va Hindistonda ommalashib ketgan. Shuning uchun Mehdi Hasan «Gʻazal sultoni» nomiga sazovor boʻlgan. Ayniqsa, uning 10 xil (akar) ovoz ishlatish uslubi mashhur. Osiyo, Amerika, Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijro etgan asarlari (jumladan, kinofilmlarga maxsus yaratilgan qoʻshiklari) gramplastinka, lazer disklarida chiqarilgan.

Ensiklopediya.uz
MEHDI HASAN