OLXOʻRI
OLXOʻRI, olu (Prunus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub danakli meva daraxti yoki buta. 30 dan ortiq turi maʼ-lum. Eng koʻp tarqalgan turi oddiy Olxoʻri boʻlib, togʻolcha bilan yovvoyi olxoʻri (tern)ning tabiiy chatishishidan kelib chiqqan deb taxmin kilinadi. Vatani — Kichik Osiyo, Kavkaz, Shim. Eron. Oʻzbekistonga Eron orqali keltirilgan. Hozir Oʻrta Osiyoda dastlab keltirilgan oq olu, sariq olu, qora olu va ulardan kelib chiqqan navlar tarqalgan. Olxoʻri joy tanlamaydi. 2000 ga yaqin (Oʻzbekis-tonda 200 dan ortiq) navi bor. Oʻzbekistonda ekilish maydoni jihatidan danakli meva daraxtlari orasida oʻrikdan keyin turadi. Barglari ketma-ket, gullari yakka yoki 2—3 tadan oʻrnashgan, oq yoki koʻkish.
Ensiklopediya.uz
OLXOʻRI