OLIMOV Xudoyor Olimovich
OLIMOV Xudoyor Olimovich (1928.30.5, Toshkent) — psixiatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), tibbiyot fanlari dri (1962), prof. (1963). ToshTIni tugatgan (1948). Shu in-t psixiatriya klinikasida assistent (1954—57), ayni vaqtda ToshDU yuridik f-tida oʻqituvchi. Oʻzbekiston oʻlka meditsinasi i. t. institutida katta il-miy xodim (1957—62), Andijon tibbiyot in-ti psixiatriya kafedrasida mudir (1963—65), ayni vaqtda shu in-t davolash f-tida dekan, 1965-yili Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti rektorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, shu in-t (1966—73), ToshTI (1973—97) psixiatriya kafed-rasi mudiri. 1997-y. dan ilmiy konsultant. O. Oʻzbekistonda psixiatrlar maktabi tashkilotchilaridan. Ilmiy faoliyati shizofreniya, infeksion ensefalit, maniakaldepressiv psixoz, qandli diabetda psixikaning aynishi va bu kasalliklar klinikasi, qaytalinishining oldini olish, davolash masalalariga oid.
Ensiklopediya.uz
OLIMOV Xudoyor Olimovich