OGʻIZ HIDLANISHI

OGʻIZ HIDLANISHI

OGʻIZ HIDLANISHI — ayrim kasalliklarning belgisi. Koʻpincha tish, milk, burun-halqum, qiziloʻngach, meʼda va oʻpka kasalliklarida kuzatiladi. Baʼzan Ogʻiz hidlanishi qandli diabet, nefrit va ichki aʼzolarning boshqa kasalliklari belgisi boʻlishi ham mumkin. Tish eliksiri va losyonlar yordamida Ogʻiz hidlanishini vaqtincha yoʻqotsa boʻladi, lekin, albatta, mutaxassis vrachga murojat etish lozim.

Ensiklopediya.uz
OGʻIZ HIDLANISHI