MURODOV
MURODOV Malik (1933.20.7, Yangiqoʻrgʻon tumani — 2001.25.12, Toshkent) — folklorshunos olim. Oʻzbekiston Res-publikasi fan arbobi (1997). Filologiya fanlari d-ri (1977), prof. (1980). Toshkent unti filologiya f-tini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tining folklor boʻlimida katta ilmiy xodim (1961— 67), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida boʻlim mudiri (1967—78), Toshkent madaniyat in-tida kafedra mudiri (1979—2001). Murodovning ilmiy faoliyati Janubiy Oʻzbekiston dostonchilik maktablarining epik anʼanalari va bugungi tari-xiy-folkloriy jarayenining oʻziga xos xususiyatlariga bagʻishlangan. U 1959-y. dan folklor ekspeditsiyalarida qatnashib, oʻnlab xalq baxshilarining ijodiy faoliyati, doston kuylash mahoratini ta-dqiq etgan. Murodovning «Ijod durdonalarini izlab» (1967), «Sarchashmadan tomchilar» (1984) kitoblari dostonchilikning nazariy masalalariga bagʻishlangan.
Ensiklopediya.uz
MURODOV