MUZORAʼA

MUZORAʼA

MUZORAʼA (arab. — chorakorlik) — islom mamlakatlarida sugʻoriladigan yerdan olinadigan hosilning bir qismi evaziga ijaraga berish. Muzoraʼa taxm. 14-a. dan boshlanib, shartnomasi yozma shaklda tuzilib, natura bilan toʻlanadigan ijara haqi aniq belgilangan. Muzoraʼa amalda yersiz dehqonlarni yirik yer egalariga tobe qilib qoʻygan.

Ensiklopediya.uz
MUZORAʼA