OSSILLYATOR

OSSILLYATOR

OSSILLYATOR (lot. oscillare — tebra-nish) , vibrator — mexanik, elektromagnit va b. tebranishlar hosil qiladigan fizik tizim. Tizim hola-tini ifodalovchi kattaliklar vaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan tizimlar uchun Ossillyator atamasidan foydalaniladi. Ti-zimni muvozanat holatidan chiqaruvchi kuch uni muvozanat holatiga qaytaruvchi kuchga mutanosib boʻlsa, bunday Ossillyator garmonik (uygʻunlashgan) Ossillyator deyiladi. Bunda Ossillyator chastotasi tizim parametrlariga bogʻliq boʻlib, garmonik tarzda tebranadi. Mas, kichik tebranishlar bilan harakatlanayotgan mayatnik garmonik Ossillyator hisoblanadi. Elektromagnit maydon nazariyasida Ossillyator dipol deb ataladi. Bunday Ossillyatorning toʻlqin tarqati-shi elektrodinamika masalalarini hal qilishda juda muhim. Molekula va kattiq jismdagi ionlar, atomlar, radi-kallar va b. ning tebranishi ham Ossillyator deb qarash mumkin.

Ensiklopediya.uz
OSSILLYATOR