OSTEOXONDROZ

OSTEOXONDROZ

OSTEOXONDROZ (osteo… va yun. chondros — togʻay) — umurtqalarni birlashtiruvchi togʻay-pay qismining degenerativ trofik va funksional oʻzgarishi natijasida kelib chikadigan kasallik. Odatda, umurtqa pogʻonasining boʻyindan yoki beldan pastki, koʻkrakdan yuqori qismlari zararlanadi. Moddalar almashinuvining buzili-shi, turli shikastlanishlar, ogʻir zoʻriqishlar va b. sabab boʻlishi mumkin. Umurtqa pogʻonasining faoliyati funksional jihatdan faqat bogʻlovchi togʻay-pay apparatlariga emas, balki ushlab turuvchi tana va umurtqa muskullari, qon hamda nerv tomirlari, orqa miya pardalariga ham bogʻliq. Umurtqaning egiluvchanligi, elastikligi, harakatchanligi, jismoniy zoʻriqishlarga chidamliligini umurtqalararo disklar taʼminlaydi. Bu diskni krplab turgan togʻay va pay elementlari umurtqalarni bir-biriga bogʻlab tura-di va bir butun umurtqa ustunini hosil qiladi. Disk va uning atrofidagi pay-togʻay bogʻlovchi elementlardagi oʻzgarishlarga revmatizm, shikastlanishlar, immunitetning susayishi va irsiy omillar sabab boʻlishi mumkin. Osteoxondroz koʻproq boʻyin va bel disklarida uchraydi. Diskda kuzatiladigan de-generativ oʻzgarishlar asosida murak-kab biokimyoviy jarayonlar yotadi. Turli shikastlanishlar taʼsirida diskning asosiy moddasi depolimerizatsiyaga uch-rab, hujayralarni jarohatlaydi va oʻzgartiradi. Natijada asosiy modda nordon mukopolisaxaridlarning koʻpayishiga olib keladi, u esa diskning togʻay va pay toʻqimalarini asta-sekin yumsha-tib, fibroz halqalarda yoriqchalar hosil qiladi va diskning germetik holatini buzadi, distrofik va degenerativ jarayonlar rivojlanadi.

Ensiklopediya.uz
OSTEOXONDROZ