OPERATORLIK SANʼATI
OPERATORLIK SANʼATI — suratga olish uslubi orkali film mazmuni va gʻoyasini ochib berish hamda badiiy tasvir yaratish vazifasidan iborat kinematografiya va televideniyega xos boʻlgan badiiy ijod sohasi. Operatorlik sanʼati sning rivoji kino sanʼati, tasviriy sanʼat, teatr, dramaturgiya va b. rivoji bilan chambarchas bogʻliq. Operator rej., rassom, filmning boshka ijodkorlari bilan hamkorlikda kinematografik texnika va zamonaviy uslub asosida filmning tasviriy talqini, suratga olish jarayonini ishlab chikadi. Suratga olingan tasvir sifati operator mahoratiga bogʻliq; u suratga olish jarayonida umumiy, oʻrta, yirik planlardan, rakurs va yorugʻlik-nurdan, kinokadr kompozitsiyasidan maqsadga muvofiq foydalanadi. Operatorlik sanʼatining oʻziga xosligi shundaki, u ekranda narsalarning nafaqat shakl, rang, hajmini, suratga olish joyining manzara va masofasini toʻgʻri, butun boricha tasvirlash sanʼatini koʻrsatishga, balki harakat tezligi, surʼati va yoʻnalishiga imkoniyat yaratadi. Xronikal-hujjatli kino operatori kinojurnalist vazifasini, ilmiy-ommabop va oʻquv kinosi yaratilishida operator koʻproq muallifoperator vazifasini bajaradi. Har bir filmning postanovkachi operatori va ularga yordamchi operatorlar boʻladi. Yordamchi operator postanovkachi-operator topshirigʻi bilan ish koʻradi. Birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov oʻz faoliyatini 1907—08 y. lar boshlagan. oʻzbek kinosining dastlabki yillarida F. Verigodarovskiy, A. Ginzburg, A. Bulinskiy kabi chetdan kelgan mutaxassislar faoliyat koʻrsatgan. 30-y. larning boshlarida oʻzbek operatorlaridan M. Qayumov, O. Tursunov, A. Saidov, M. Krasnyanskiy va b. ish boshlagan. Keyinroq Oʻzbekistonga kelib ishlagan ukrain operatori D. Demuskiy faoliyati respublikamizda Operatorlik sanʼatining yuksalishida alohida oʻringa ega. U operatorlik qilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari» kabi filmlar eng yaxshi milliy kino asarlaridir.
Ensiklopediya.uz
OPERATORLIK SANʼATI