OILA

OILA

OILA (Familia) — biol. sistematikasida taksonomik kategoriya. Tuzilishi va kelib chiqishiga koʻra, bir-biriga yaqin boʻlgan urugʻlar (oʻsimliklarda turkumlar)ni birlashtiradi. Mushuksimonlar O. si mushuklar, qoplonlar, ge-pardlar urugʻini hosil qiladi. Ayrim Oilalar juda koʻp, boshqalari ozroq tur-kumlarni oʻz ichiga oladi. Mac, qoqidoshlar 1000 ga yaqin, anordoshlar 1 ta turkumdan tashkil topgan. Oilaning lotincha nomi tipik urugʻning lotincha nomiga idae (zoologiya va vi-rusologiyada) va aseaye (botanika, mikologiya, bakteriologiyada) qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Yirik Oilalar baʼzan kenja Oila, tribalar va kenja tribalarga ajratiladi. Kenja Oilaning lotincha nomi urugʻ nomiga inae qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oʻzaro yaqin Oilalar zoologiyada turkumlarga yoki botanikada tartiblarga birlashtiriladi.

Ensiklopediya.uz
Oila