METIL SPIRT

METIL SPIRT

METIL SPIRT (metanol , karbinol, yogoch spirti) , SN3ON — rangsiz, suv b-n yaxshi aralashadigan suyukdik, eng oddiy bir atomli spirt, etil spirtinikiga oʻxshash hidi bor. Mol. m. 32,04. Zichligi 791,4 kg/m3 (20°da), qaynash t-rasi 64,5°, atseton, benzol va uglerod (1U)-xlorid b-n aze-otrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz asos va yanada kuchsiz kislotalik xossalarini namoyon qiladi. Ishqoriy metallar bilan metilitlar, kislotalar b-n efirlar hosil qiladi. 500—600°da kumush, mis yoki baʼzi metallar oksidlari ishtirokida havo kislorodi bilan formaldegidgacha oksidlanadi, uglerod (P)-oksid va vodorod aralashmasi b-n etanol yoki boshqa spirtlarga aylanadi. Metil spirt sanoat miqyosida tabiiy gaz va neftni qayta ishlash korxonalari chiqindilaridan olinadi.

Ensiklopediya.uz
METIL SPIRT