MELIYEVA

MELIYEVA

MELIYEVA Shirin (Sora) Yuldoshevna (1921.25.2 — Kattaqoʻrgʻon — 2001.16.4) — aktrisa, rej. Oʻzbekiston xalq artista (1964). 1937-y. dan Katta-qoʻrgʻon teatrida aktrisa, rej. (1948 — 78 y. lar direktor). Sahnada Xonzoda, Hojiona («Boy ila xizmatchi»), Xolisxon («Xolisxon»), Maysara («Maysaraning ishi»), Kime («Nurxon»), Martena («Zoʻraki tabib»), Agafya Tixonovna («Uylanish»), Farmonbibi («Kelinlar qoʻzgʻoloni»), Ona («Qonli toʻy») kabi yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. K. axramonlarning ichki ruxiy holatlarini yorqin va ishonarli talqin etish, turli qarashlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni kuchli ehtiroslar orqali namoyish etish Meliyeva ijodiga xosdir. Rej. sifatida «Adolat» (I. Akromov), «Xolisxon» (Hamza), «Surmaxon» (B. Rahmonov), «Bahs» (M. Bayjiyev), «Ona» (S. Zunnunova), «Ogʻriq tishlar» (A. Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. «Elyurt hurmati» ordeni bilan tak/shrlangan (1999).

Ensiklopediya.uz
MELIYEVA