OLTINSOY TUMANI
OLTINSOY TUMANI — Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1981-y. 23 noyab. da Shoʻrchi va Denov tumani qismlaridan tuzilgan. Viloyatning Denov, Boysun, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,56 ming km2. Aholisi 116,9 ming kishi (2003). Tumanda 9 qish-loq fuqarolar yigʻini (Vaxshivor, Dugʻoba, Mirshodi, Oltinsoy, Oqarbuloq, Oqoltin, Xoʻjasoat, Chep, Qarluq) bor. Tuman markazi — Qarluq qishlogʻi.
Ensiklopediya.uz
OLTINSOY TUMANI