OLLOQULIXON KARVONSAROYI VA TIMI

OLLOQULIXON KARVONSAROYI VA TIMI

OLLOQULIXON KARVONSAROYI VA TIMI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1832—33). Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (69,0×58,0 m), burchaklariga guldasta — minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shim. va jan. dagi peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3×42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6×2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5×5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Xovliga kiriladigan yoʻlak 2 tomondan peshtoq b-n che-garalangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor. Pastdagi xonalarda yuk saqlangan, yuqrridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan.

Ensiklopediya.uz
OLLOQULIXON KARVONSAROYI VA TIMI