OYOQ
OYOQ — tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda Oyoqning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp qilli halqalilarning juda sodda tuzilgan juft oyogʻi muskulli, kalta, lekin serxarakatdir. Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruklikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq Oyoq boʻlmay-di, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq Oyoq (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (mas, ixtiozavrlar, kitlar va b. da). Toq Oyoq tufayli hayvon suvda muvozanatini saklaydi, oldinga xarakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft Oyoq dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvo-zanatni saqlaydi.
Ensiklopediya.uz
OYOQ