MASHINA DETALLARI
MASHINA DETALLARI — 1) bir jinsli materialdan yigʻib tayyorlanadigan mashina, asboblar, apparatlar yoki qurilmalar qismi; umumiy va maxsus ishlarga moʻljallangan xillari bor. Umumiy ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga koʻpgina mashinalar, asboblar va b. uchun tipik boʻlgan detallar (mas, tishli gʻildiraklar, vallar, oʻqlar, boltlar, shponkalar, gaykalar), shuningdek, egiluvchan (qayishqoq) va korpus detallar kiradi. Egiluvchan Mashina detallari zarb energiyasini titrashlar va b. ni soʻndirish uchun ishlatiladi; bularga membrana, prujina, rezina vtulkalari va qistirmalar, ressoralar va b. kiradi. Korpus Mashina detallari mashinadagi taʼsir etuvchi asosiy kuchlarni qabul qiladi; bularga poydevor ramalari, plitalar, staninalar kiradi. Mashina detallari aloxida guru-hini moylash qurilmalari va moy oʻtkazgichlarning detallari (filtrlar, shtutserlar, moy koʻrsatkichlar va b.) tashkil etadi. Maxsus ishlarga moʻljallangan Mashina detallariga faqat maʼlum turdagi mashinalarning detallari (turbina kuraklari, tirsakli vallar, havo vintlari va b.) taallukdi boʻladi;
Ensiklopediya.uz
MASHINA DETALLARI