MARGANESLI OʻGʻITLAR

MARGANESLI OʻGʻITLAR

MARGANESLI OʻGʻITLAR — tarkibida marganes boʻlgan oʻgʻitlar. Marganesli oʻgʻitlarga maxsus tayyorlangan oʻgʻitlar va preparatlar, marganes bilan boyitilgan mineral oʻgʻitlar va baʼzi sanoat chiqindilari kiradi. Marganesli oʻgʻitlar sifatida marganesli superfosfat (2-3% MpO, 17-18% R2O5), marganes sulfat (MnSO4), tarkibida marganes boʻlgan preparat (3,5 — 4,5% MpO); tarkibida fosfor va marganes boʻlgan preparat (18% MnSO4); marganesli shlam (12—22% MpO) ishlatiladi. Marganesli superfosfat (tarkibida 17—18% R2O5 va 2—3% chamasida marganes boʻladi) fos-formarganesli oʻgʻit hisoblanadi. Kukunsimon superfosfatga marganes shlami qoʻshib donadorlashtiriladi. Marganes sulfat oq yoki och kulrang kristall kukun, suvda yaxshi eriydi. Tuproqqa ekishdan oldin solinadi, vegetatsiya davrida usimliklarni oziqlantirishga hamda ekish oldidan urugʻlarni ishlashda qullaniladi.

Ensiklopediya.uz
MARGANESLI OʻGʻITLAR