ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI

ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI

ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI — onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aklan barkamol bolalarni tarbiyalashga karatilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. OʻzRda bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoklarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan soʻng Onalar va bolalar muhofazasi va b. m. ga qaratilgan keng kamrovli choratadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-y. dan Toshkentda «Oila» ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan i. t. ishlari olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmokdar rivojlantirilmoqda.

Ensiklopediya.uz
ONALAR VA BOLALAR MUHOFAZASI