OLTOY OʻLKASI
OLTOY OʻLKASI — RF tarkibidagi oʻlka. 1937-y. 28 sent. da tashkil etilgan. Gʻarbiy Sibirning jan. da, Ob daryosi yuqori oqimi va uning irmoqlari — Biya va Katun havzalarida joylashgan. Gʻarbiy Sibir iqtisodiy r-niga kiradi. Oltoynit deyarli hammasini, Salairning gʻarbiy yon bagʻirlarini va unga yondosh tekislik hamda togʻ oldi hududlari — Dashtli Oltoyni oʻz ichiga oladi. Jan.-sharkda MXR va Xitoy b-n chegaradosh. Mayd. 169,1 ming km2. Aholisi 2672 ming kishi (1998), asosan, ruslar (89,5%), shuningdek, ne-mis (4,9%), ukrain (2,9%) va b. millat vakillari ham (2,7%) yashaydi. Shahar aholisi 52,6%. Markazi — Barnaul sh. Boshqa yirik shaharlari: Biysk, Rubsovsk. 60 maʼmuriy tuman, 12 shahar, 15 shaharchaga boʻlingan.
Ensiklopediya.uz
OLTOY OʻLKASI