MALIKCHOʻL

MALIKCHOʻL

MALIKCHOʻLBuxoro viloyatidagi choʻl. Zarafshon daryosining quyi oqimida. Daryoning yuqori koʻhna qayiri (terrasasi)da joylashgan. Gʻarbdan sharqqa 65 km choʻzilgan. Mayd. 58,2 ming ga. Relyefi tekis, Zarafshon daryosi tomon qiya. Iqlimi keskin, kontinental, iyulning oʻrtacha t-rasi 27—29°, yanv. niki 1,7—3,5°. Yillik yogʻin miqdori 180 mm. Tuprogʻi har xil darajada shoʻrlangan va gipslashgan boʻz tuproq. Oʻsimliklardan shuvoq, gulsafsar, pechakgul va b. oʻsadi. Hayvonlardan kalamush, uzunoyoq, yumronqoziq, qora ilon va b. bor. AmuBuxoro mashina kapali suvini choʻlga keltirilishi yangi yerlarni ochish, Malikchoʻlda bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan birga paxtachilikni rivojlantirishga imkoniyat yaratdi.

Ensiklopediya.uz
MALIKCHOʻL