MALAY ARXIPELAGI
MALAY ARXIPELAGI — Yer yuzidagi eng yirik orollar toʻplami, Osiyoning materik qismi bilan Avstraliya oraligʻida. Jami 10 mingdan ortiq orollardan iborat boʻlib, umumiy mayd. 2 mln. km2 ga yaqin. Katta Zond orollari, Kichik Zond orollari, Filippin va b. bir necha mayda orollardan iborat. Malay arxipelagida Indoneziya, Malayziya va Filippin davlatlari joylashgan. Re-lyefi, asosan, togʻli, 100 dan ortiq harakatdagi vulkan bor. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Eng baland joyi 4101 m (Kalimantan o. dagi Kinabalu togʻi). Yirik qalay konlari bor; neft, gaz, temir, nikel, mis, volfram, marganes rudalari, boksit qazib chiqariladi.
Ensiklopediya.uz
MALAY ARXIPELAGI