OLIGOFRENIYA

OLIGOFRENIYA

OLIGOFRENIYA (oligo… va phren — akl) , aqliy norasolik — tugʻma yoki 3 yoshgacha boʻlgan davrda orttirilgan ruhiy rivojlanmay qolish bilan ke-chadigan kasalliklar guruhi. Bu nom nemis psixiatri E. Krepilin tomonidan berilgan. Oligofreniya ayollarga nisbatan er-kaklar orasida koʻproquchraydi. Oligofreniyaning yengil — debillik, oʻrtacha — im-betsillik va ogʻir idiotlik (idiotizm) turi farq qilinadi. Oligofreniyaning sabablari xilma-xil. Bularga genetik-irsiy omillar, xromosomalarning buzilishi, ota-ona kasalliklari, ayniqsa, onaning homiladorlik vaqtidagi kasalliklari va zaharlanishlari, bolaning tugilish davridagi shikastlanishlari xamda bola tugʻilgandan keyin 3 yil ichida oʻtkazgan ogʻir kasalliklari (meningit, ensefalit va h. k.), miyaning shikastlanishlari va b. kiradi.

Ensiklopediya.uz
OLIGOFRENIYA