OZOD YEVROPA/OZODLIK
«OZOD YEVROPA»/«OZODLIK» — bir qancha Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga eshittirishlar olib boruvchi notijoriy, nodavlat xalqaro radiostansiya. «Ozod Yevropa» korporatsiyasi («Free Europe, Inc.») 1949-y. da kommunistik mafkura taʼsiri ostidagi Sharqiy Yevropa davlatlarida roʻy be-rayotgan voqealar haqidagi xabar va reportajlarni efir orqali berish maq-sadida tashkil etilgan. 1951-y. da aynan shu asoslarda Sovet Ittifoqi respublikalari uchun eshittirishlar olib borish maqsadida «Ozodlik radiosi komiteti» («Radio Liberty Comnitee, Inc.») korporatsiyasi tashkil etilgan.
Ensiklopediya.uz
OZOD YEVROPA/OZODLIK