NIKITIN

NIKITIN

NIKITIN Afanasiy (? – 1472) – rus sayyoxi, tverlik savdogar. 1466-y. Tver sh. dan chiqib jan. ga ketayotgan karvonlar bilan birga Volga daryosi va Kaspiy dengizi orqali Darbandga, Shemaxa xonligi orqali Bokuga yetib kelgan. Sungra Eron orqali yurib 1469-y. Xoʻrmuz sh. ga, undan Arabiston dengizini suzib utib Hindistonga yetib borgan va oʻsha yerda kariyb 3 yil yashagan. Vataniga qaytishda Afrika sohilida (Somali), Arabiston ya. o. da (Maskat) boʻlgan. Soʻngra yana Eron shaharlari orqali yurib Trabzon sh. ga yetib boradi. Qora dengizni suzib oʻtib, 1472-y. Kafa (Feodosiya) sh. ga, undan Kiyevga yetib borgan. Tverga qay-tishda vataniga yetmasdan oʻsha yili kuzda Smolensk sh. yaqinida vafot etgan. Sayohat davomida N. Hindistonning ijtimoiy tuzumi, davlatni boshqarish, xoʻjalik hayoti, dini, xalqining urf-odati, qisman tabiati haqida xil-ma-xil maʼlumotlar toʻpladi. Hindiston va Eronda barcha koʻrgan-kuzatganlari haqidagi xotiralarini, shuningdek, Shri Lanka, Xitoy va b. mamlakatlar haqida boshqalardan eshitganlarini «Uch dengiz osha» kundalik daftariga yozib qoldirgan. Undagi aniq faktik materiallar Hindistonning oʻsha davrdagi ijtimoiy hayoti haqida muhim manbadir. Tver sh. da 1955-y. da Nikitinga xaykal qoʻyilgan.

Ensiklopediya.uz
NIKITIN