NYURNBERG
NYURNBERG — Germaniyadagi shahar, Bavariya yerida. Pegnis daryosi va Lyudvig kanali boʻyida. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aholisi 486,4 ming kishi (1999). Mamlakatning yirik sanoat markazlaridan. Aeroport bor. Mayn-Dunay kanalidagi port. Elektrotexnika, stanoksozlik, anik, mexanika, kimyo, toʻqimachilik, koʻn-teri, oziqovqat, yogʻochsozlik, poligrafiya sanoati rivojlangan. Amaliy texnika va tasviriy sanʼat akademiyalari, un-t, i. t. markazlari, opera va drama teatrlari, muzeylar (jumladan, oʻyinchoklar muzeyi) bor. Meʼmoriy yod-gorliklar sakdangan. Metropoliten qurilgan.
Ensiklopediya.uz
NYURNBERG