NURPEISOV Abdujamil Karimovich
NURPEISOV Abdujamil Karimovich (1924, Orolboʻyi, Ushqon qishlogʻi) — Qozogʻiston xalqyozuvchisi (1985). 2-ja-hon urushi qatnashchisi. M. Gorkiy no-midagi Adabiyot in-tini tugatgan (1953). «Juldiz» jur. bosh muharriri (1954). Birinchi romani — «Kurlandiya»da urushning soʻnggi kunlari tasvir etilib, Vatan himoyachilari ob-razi yaratilgan. Nurpeisov «Kutilgan kun» (1957), «Oqshom» (1960), «Sarsonlik-sargardonlik» (1970) romanlari muallifi. Soʻnggi uch roman keyinchalik «Qon va ter» trilogiyasini tashkil etib (1974), koʻplab tillarga tarjima etilgan. Nurpeisovning ocherk, esse va tanqi-diy maqolalari «Oʻylar» (1974) kito-bidan oʻrin olgan. N. A. P. Chexov, A. M. Gorkiy hikoyalari, ispan dramaturgi A. Kessoning «Daraxtlar tik turib oʻladi» va Nozim Hikmatning «Koʻk podsho» asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Jambul nomidagi Qo-zogʻiston Davlat mukofoti laureata (1947).
Ensiklopediya.uz
NURPEISOV Abdujamil Karimovich