NOMUSGA TEGISH

NOMUSGA TEGISH

NOMUSGA TEGISHzoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilish. Ushbu jinoyatning jabrlanuvchisi faqat ayol kishi, nomusga tegishning subyekta esa ayolning xohishi, erkiga qarshi u bilan jinsiy aloqaga kirishgan erkak hisoblanadi. Koʻpincha jinoyatning motivi jinsiy extiyojni qondirishdan iborat boʻladi. Ammo sud amaliyotida jinoyat sodir etishning motivi sifatida oʻch olish, ayolni sharmanda qilish, oilani haqorat kilish, ayol kishini erga tegishga majbur qilish va h. k. ham uchrab turadi. Nomusga tegish vaqtida aybdor jismoniy va ruhiy zoʻrlik ishlatishi mumkin. Nomusga tegish jinoyatini sodir etishdagi qoʻrqitish jabrlanuvchining qarshiligini yengish maqsadida unga yoki unga yaqin kishilarga nisbatan ishlatiladigan turli xil ruhiy taʼsirlarni anglatadi. Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish deyilganda jabrlanuvchining oʻziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlarning xususiyati va mohiyatini anglay olmasligi yoxud sodir etilayotgan harakatlarning xususiyatini anglasada, aybdorga qarshilik koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishi tushuniladi.

Ensiklopediya.uz
NOMUSGA TEGISH