15-oktyabr Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochilgan kun.
15-oktyabr Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochilgan kun.
DO`STLARGA ULASHING:
15-oktyabr Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochilgan kun.
1991-yil Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston mustaqilligini tan olib 1992-yil diplomatiya munosabatlari o’rnatilgach, ikki mamlakat o’rtasida teng huquqli aloqalar o’rnatila boshladi. O’tgan 13 yil davomida ikki davlat o’rtasida 100 dan ortiq rasmiy hujjatlar imzolandi. 1992-yil 15-oktyabrda Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, 1995-yil 6-mayda Pekinda O’zbekiston elchixonasi ochildi. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasida sheriklik munosabatlari, do’stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to’g’risida qo’shma deklaratsiya, shuningdek, narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste’mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. So’nggi yillarda O’zbekiston bozorlarida Xitoy mollarining ko’payganligini kuzatish mumkin. Xitoydan O’zbekistonga texnika, elektronika, elektr jihozlari, kofe, xalq iste’mol mollari, choy va ziravor, optika priborlari va apparatlari, transport vositalari, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar keltiriladi. O’zbekiston Xitoyga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mineral yonilg’i, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak tolasi, plastmassa va boshqalarni yuboradi. Ikki mamlakat o’rtasida madaniyat, fan, texnika va ta’lim sohasida ham hamkorlik rivojlangan. Xitoy vakillari Samarqandda o’tkaziladigan «Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida, O’zbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili o’tadigan xalqaro madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadilar. 2000-yilda ilmiy-texnika hamkorligi bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etilgan 2001-yil Toshkentda Xitoy madaniy markazi tashkil topdi. 2001-yilda O’zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgandan beri ushbu tashkilot doirasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash va O’rta Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik kengaymoqda. Mazkur tashkilotning yuridik asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy vazifalarini belgilashda O’zbekiston faol ishtirok etdi. 2004-yildan O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg’ur muxtor rayoni televideniya kompaniyalari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi. 1998-yil 1-dekabrda tuzilgan «O’zbekiston-Xitoy” do’stlik jamiyati munosib hissa qo’shib kelmoqda.
15-oktyabr Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochilgan kun.