22-oktyabr AQShda yong’oqlar bayrami

22-oktyabr AQShda yong’oqlar bayrami

22-oktyabr AQShda yong’oqlar bayrami

Mundarija скрыть

DO`STLARGA ULASHING:

Har yili 22-oktabrda Milliy yong’oqlar kuni bayrami nishonlanadi. Xalqaro yong’oqlar kuni — AQShda norasmiy bayram hisoblanadi va 22-oktabrda nishonlanadi. Bayram yong’oqlarga bag’ishlanadi — yeyishli, mazali, foydali, shifobaxsh maxsulotga. Yong’oqda juda ko’p foydali oqsillar, vitaminlar, minerallar foydali yog’lar borligi sababli uni iste’mol qilish juda ham foydali hisoblanadi. Xalqaro yong’oqlar kunida tabiiyki yong’oqning o’zini va undan tayyorlangan turli mazali maxsulotlar yeyish maqsadga muvofiqdir. Shu kuni qandolatchilikda yong’oqning ishlatilish tarixi haqida ham ko’plab ma’lumotga ega bo’lish mumkin, shuningdek, taomlarda yong’oq ishlatishning o’ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli narsalarni bilib olish mumkin, chunki aynan shu kuni shahar ko’chalarida yong’oq sotuvchilar turli reklama aksiyalari o’tkazadilar. Xalqaro yong’oqlar kuni amerikaliklar bayrami hisoblanadi, ammo boshqa yurtlarda ham bu bayramni o’tkazishga bo’lgan qiziqish borgan sayin oshib bormoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ham bu bayram nishonlanmoqda va u Liberation Foods (CIC)- yong’oq ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda. Bizda O’zbekistonda ham yong’oq juda mazali va foydali maxsulot hisoblanadi. U miya faoliyatini rivojlantirish va eslab qolish xususiyatiga ega bo’lgani uchun xalq orasida keng iste’mol qilinadi.

22-oktyabr AQShda yong’oqlar bayrami