NASHTAR

NASHTAR

NASHTAR — chaquvchi pardaqanotlilar urgʻochisi zahar sochuvchi organining sanchuvchi qismi. Himoya va hujum qilish organi. Tinch holatda Nashtar qorin boʻlimining oxirgi boʻgʻimi ichida joylashadi; zarur boʻlganda tashqariga chiqariladi. Nashtar zahar ishlab chiqaradigan bezlar bilan bogʻlangan. Nashtarning ostki va ustki tarnovsimon pallalari oʻrtasida nay hosil boʻladi. Zaharli suyuqlik ana shu nay orqali oʻlja yoki dushman tanasiga oqib boradi. Asalarilar Nashtari qirralarida mayda ilmoqchalar boʻladi. Asalari yirik hayvonlarni chaqqanidan soʻng Nashtarni chiqarib ololmasdan halok boʻladi. Chayonlar N. i zaxar suyuqligi oqib oʻtadigan ignasimon naydan iborat boʻlib, orqa qorinning oxirgi boʻgʻimida joylashgan.

Ensiklopediya.uz
NASHTAR