NAMANGAN TEATRI
NAMANGAN TEATRI, Alisher Navoiy nomidagi davlat musiqali drama teatri — dastlabki teatrlardan biri. 1931-y. 15-iyunda «Intilish» (A. Sultonov) spektakli bilan ochilgan. Professional teatr jamoasining asosini mahalliy maktab va texnikumlarning oʻqituvchilari, havaskorlik drama toʻgaragi qatnashchilari tashkil etgan. Truppaning badi-iy raxbari va teatr tashkilotchisi Razzoq Hamroyev (N. Roziqiy b-n) boʻlgan. S. Otaxonov, B. Eminov, A. Toshboyev, A. Toʻraxonov, X. Sharipov, N. Isʼho-qov, keyinroq M. Azizova, T. Jaʼfarova, S. Rahmonov, M. Dadaboyev, T. So-diqov va b. teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 30-y. lar teatr uchun sahna sanʼatini egallash yoʻlidagi oʻziga xos maktab yillari boʻldi. Bu davrda sahnalashtirilgan «Hujum» (V. Yan, Choʻlpon), «Malikai Turandot» (K. Gossi), «Halima» (Gʻ. Zafariy) kabi spektakllar badiiy yoʻnalishiga koʻra koʻproq tashviqot xarak-terida edi. 30-y. larning oʻrtalarida jamoaning ijodiy faoliyatida maʼlum burilish yasaldi. A. Turdiyev, R. Hamroyevning aktyorlar bilan ijodiy hamkorligi samarali natija berdi va «Gulsara», «Nomus va muhabbat» (K. Yashin), «Rustam» (U. Ismoilov), «Otsiz» (A. Majidiy), «Makr va muhabbat» (F. Shiller), «Boy ila xizmatchi» (Hamza) kabi spektakllar yaratildi. Aktyorlar obraz yaratishda qolip va bir xillikni bartaraf etib, asta-sekin qahramonlar ichki dunyosini ochish sanʼati, inson xususiyatlarini tasvirlash mahoratini egallab bordilar.
Ensiklopediya.uz
NAMANGAN TEATRI