NAVKAR

NAVKAR

NAVKAR, nu kar (moʻgʻulcha noxor — doʻst, oʻrtoq) — 1) moʻgʻul xonlari, noʻyon huzurida xizmat qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar — qurollangan erkin kishilar boʻlib, noʻyonlarga oʻz ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan va ularning qaramogʻida boʻlishgan. Urush paytida Navkar avvalambor jangchi, tinchlik paytida esa qoʻriqchi va «uy kishisi», xonadonga yaqin kishi boʻlgan. Navkarlar xizmatlari evaziga dastavval uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va qurol-yarogʻ, keyinchalik esa harbiy oʻljaning bir qismi, inʼom etilgan yer mulki va qarollar bilan takdirlanganlar, bu esa ularni yirik zodagonlarning vassallariga aylanishlariga imkon bergan. Xizmat pillapoyasida oʻz isteʼdodini namoyish etgan koʻpgina Navkarlar keyinchalik turli harbiy boʻlinma va qismlarga qoʻmondon boʻlganlar;

Ensiklopediya.uz
NAVKAR