NAUMOV Sergey Nikolayevich

NAUMOV Sergey Nikolayevich

NAUMOV Sergey Nikolayevich (1874.6.7, Kaluga – 1933.11.12, Toshkent) — kimyogar. Turkiston un-ti prof. (1920-y. dan). 1920—24 y. da shu un-t tibbiyot boʻlimi dekani, lab. mudiri (1924—25), organik kimyo kafedrasi mudiri (1925-y. dan). Naumovning naftenlar sohasidagi i. t. ishlari katta ahamiyatga ega. Naumov tomonidan sintez qilingan 1,4-dimetilgeksametilen yangi modda sifatida tan olingan. U xinon va to-luxinondibromidlar tuzilishini, xossalarini oʻrganish sohasida chuqur izlanishlar olib bordi, 2,3-siklogek-sandion 1,4-dikarbon efirining tuzilishini topdi. Mazkur modda hosilalaridan xinoksalin, monooksim, dioksim, monogridrazon, bipirazolon, ozazon va b. ni sintez qildi. Uning ilmiy kuzatishlari natijalari oʻlaroq izomerlanish reaksiyalariga ancha aniklik kiritildi, turli efir moddalari sintezi amalga oshirildi. Naumovning Oʻrta Osiyo togʻlarida uchraydigan tabiiy selitrani sintez sohasida qoʻllash borasidagi ishlari amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ensiklopediya.uz
NAUMOV Sergey Nikolayevich