NARX INDEKSI

NARX INDEKSI

NARX INDEKSI — muayyan davr davomida narxlarning nisbiy oʻzgarishlari koʻtarilishi yoki pasayishi, dinamikasi koʻrsatkichi. Narx indeksi yakka va yigʻma Narx indeksiga boʻlinadi. Yakka Narx indeksi kuzatiladigan (hisobot) yildagi muayyan tovar narxining bazis davrdagi narxga nisbatiga, yigʻma Narx indeksi hisobot davrida amaldagi narxlarda sotilgan tovarlar guruhi qiymatining bazis davri narxlaridagi qiymati nisbatiga teng va foizlarda hisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
NARX INDEKSI