LYUK

LYUK

LYUK (gollandcha luik — teshik) — 1) agregat, mashina, inshootlar va b. dagi tuynuk; ularning ichiga shu tuynuk orqali kiriladi. Lyuk har doim yopiq tura-di va yuqorida aytilgan obyektlar ichiga kirish zaruriyati tugʻilgandagina ochiladi. Obyektning katta-kichikligiga qarab, Lyukning oʻlchami ham har xil boʻladi. Mas, kosmik kema, samolyot fyuzelyajvdagi, sanoat korxonalarining poli va devorlaridagi, vodoprovod, gaz, kanalizatsiya, telefon tarmogʻi qudugʻidagi va b. tuynuklar Lyuk hisoblanadi. Bunday Lyuk dar odamning kirib-chiqishi, yuk ortish-tushirish, havo kirishi, yorugʻlik oʻtishi uchun moʻljallanadi;

Ensiklopediya.uz
LYUK