LEJANDR
LEJANDR (Legendre) Adriyen Mari (1752.18.9 – Parij – 1833.10.1) – fransuz matematigi, Parij FA aʼzosi (1783). Geodezik oʻlchashlar nazariyasini ishlab chiqqan, eng kichik kvadratlar usulini ochgan, elliptik integrallar va variatsion hisob bilan shugʻullangan. Lejandr koʻphadlari va Lejandr almashtirishi deb ataladigan tushunchalarni kiritgan. Lejandr elliptik integrallarning qatʼiy qoidaga aylanishini isbotlagan, ularning qatorlarga ajralishini topgan va qiymatlari jadvallarini tuzgan. Variatsion hisobda ekstremumning mavjudligini aniklagan.
Ensiklopediya.uz
LEJANDR