LYUMINES SINSIYA
LYUMINES SINSIYA (lot. lumen – yorugʻlik, esccnt — kuchsiz, sust taʼsirni ifodalovchi qoʻshimcha) — baʼzi moddalariing muayyan t-rada ularning issiklik nurlanishiga nisbatan kuch-liroq boʻlgan, yorugʻlik tebranishlari davridan ancha ortiq vaqt davom etadigan (doimiy issiklik nurlanishidan farqli) nurlanishi. Issiqlik nurlanishi juda past t-ralar (uy t-rasi) da ham Lyumines sinsiya shiddat bilan hosil boʻlishi mumkin. Shu sababli uni, odatda, «sovuq» nurlanish deb ham yuritiladi. Bu nurlanish yorugʻlik, radioaktiv nurlanishlar, rentgen nurlanish, elektr maydon uygʻotadigan, shuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik taʼsirlar natijasida hosil boʻladi. Lyumines sinsiya nurlanish spektri koʻzga koʻrinadigan nurlanish, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishning yaqin diapazonlarida mavjud boʻladi.
Ensiklopediya.uz
LYUMINES SINSIYA