NOSIR XISRAV
NOSIR XISRAV (toʻliq ismi: Abu-Muʼiniddin Nosir Xisrav alQubodiyoniy) (1004, Qubodiyon — 1088, Badaxshon) — fors-tojik shoiri, mutafakkiri. Boshlangʻich maʼlumotni oʻz qishlogʻida olgan, keyin Marv va Balx madrasalarida tahsilni davom ettirgan. Mahmud Gʻaznaviy va uning oʻgʻli Masʼud saroyida mirzalik qilgan, soliq maqkamasini boshqargan. U 7 yil (1045— 52) davomida Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Suriya, Misr, Arabiston, Iroq mamlakatlarini kezib chiqadi. Uning «Safarnoma» asari shu sayohat natijasida yaratilgan. Adolatli hukmdorlar tufayli osoyishta va farovon shaharlarni koʻrgan N. X. keyinchalik oʻz asarlari orqali odil podshoh goyasini ilgari suradi.
Ensiklopediya.uz
Nosir Xisrav