LEMB
LEMB (Lamb) Uillis Yudjin (1913.12.7, Los-Anjeles) — amerikalik fizik, AQSH Milliy FA aʼzosi (1954-y. dan). Kaliforniya un-tini tugatgan (1934). AQSH ning Kolumbiya va b. un-tlari prof. (1948-y. dan). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, kvant elektronika va tezlatkichlar texnikasi, mikrotoʻlqin spektroskopiyasiga oid. Shuningdek, vodorod atomi energetik sathining siljishini tajribada aniklagan (1947), gaz lazeri nazariyasini ishlab chiqqan (1962). Nobel mukofoti laureati (1955).
Ensiklopediya.uz
LEMB