NERU
NERU Javoharlal (1889.14.11, Ollohobod — 1964.27.5, Dexli) — Hindiston davlat, siyosiy va jamoat arbobi. Mil-liy ozodlik kurashida M. K. Gandinshp safdoshi, Hindiston Milliy Kongressi (HMK) rahbarlaridan biri. Mustamlaka davrida (1947-y. gacha) taʼqib qilingan. 10 y. dan ortiq umri qamoqda oʻtgan. Tarixda «Yangi Hindiston bunyodkori» nomi bilan mashhur. Neru 1947-y. 15 avgda Dehlidagi mashhur Nal Qalʼada Hindiston milliy mustaqillikni qoʻlga kiritgan-ligini eʼlon qilgan. Hindiston Res-publikasi bosh vaziri va tashki ishlar vaziri (1947-y. dan). Neru rahbarligida Hin-diston xalq xoʻjaligi, fan va madaniyatning rivojida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. N. Hindistonning tashqi siyosati asoslarini yaratdi, xalqaro chigal masalalarni hal etishda jonbozlik koʻrsatdi. Uning mustamlakachilik, irkchillikka karshi izchil kurashi, yoppasiga qurollanishga chek qoʻyish, xalqlar oʻrtasida tenglik, doʻstlik, hamkorlik siyosati xalqaro maydonda Hindiston nufuzini oshirdi. Neru qoʻshilmaslik siyosatini yaratdi. 1947-y. da harbiy bloklarga qoʻshilmagan mamlakat birgina Hindiston hisoblangan boʻlsa, hoz. qoʻshilmaslik harakatida 120 dan ortiq Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropa mamla-katlari ishtirok etmoqda.
Ensiklopediya.uz
NERU