1-noyabr Butundunyo veganlar kuni
1-noyabr Butundunyo veganlar kuni
DO`STLARGA ULASHING:
1-noyabr Butundunyo veganlar kuni
Veganlar kuni — bayram, 1994-yil 1-noyabrda Veganlar jamiyati o‘zlarining 50 yilligini nishonlagan vaqtlarida paydo bo‘lgan. Vegan so‘zi Donald Uotson tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, inglizcha so‘zning boshidan uchta va oxirgi ikki harfdan olingan. (rus. vegetarian. Ing.vegetarian) Veganizm- hayot shakli, veganlar — veganizm tarafdorlari — faqat sabzavotlarni iste’mol qiladilar, go‘sht mahsulotlarini umuman iste’mol qilmaydilar. Veganlar ovqat ratsionidan go‘sht va baliq mahsulotlarinigina emas, tuxum. sut, asal va shunga o‘xshash mahsulotlarni ham olib tashlaydilar. Veganlar teridan, mo‘yna, jun, ipakdan tayyorlangan kiyimlar kiymaydilar. Bularni rad etishni turli sabablari bo‘lishi mumkin, lekin asosiysi — bu hayvonlarni o‘limiga daxldor bo‘lib qolmaslik va ularga nisbatan shafqatsizlik qilmaslikdir. Veganlar kunida ko‘plab mamlakatlarning Vegan tashkiloti vakillari va boshqa faollar tomonidan bayram mavzusiga bag‘ishlangan turli ma’rifatparvar va xayr-ehson tadbirlari o‘tkazadilar.
1-noyabr Butundunyo veganlar kuni