NOMA
NOMA (yun. nime — tarqaluvchi) , «suvli rak» — gangrena tarzida kechadigan kasallik; atrofidagi toʻqimalarga tez tarqaladi. Koʻpincha yuzning yumshoq toʻqimalari, orqa teshik atrofi, kamdankam hollarda boʻyin, qoʻl-oyoq barmoklari terisi kasallanadi. Odatda, ogʻir yuqumli kasalliklarni boshidan kechirgan nimjon, darmonsiz bolalarda, baʼzan kattalarda ham uchraydi. Nomada kasallangan soha shilliq qavatida koʻkimtir-qizil dogʻ boʻladi. Jarayon yumshoq toʻqimaning hammasiga juda tez shikayet yetkazadi. Be-morning umumiy ahvoli ogʻirlashadi, qarorati koʻtariladi va h. k. N. ning hech bir rakka oʻxshash alomatlari yoʻq, faqat toʻqimalar nobud boʻlishiga koʻra, uni «suvli rak» deb atashadi; odatda, Noma hoʻl gangrena deb ham yuritiladi.
Ensiklopediya.uz
NOMA