NODIR DEVONBEGI MADRASASI
NODIR DEVONBEGI MADRASASI — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnchng vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1622—23). Nodir devonbegi madrasasi Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori b-n mad-rasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi may-donga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serha-shamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo kushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tas-viri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldas-ta ravokdardagi nakshlar b-n oʻzaro uy-gʻunlashgan. Madrasa tarhi 52×49 m, hovli 34 xZO m. N. d. m. bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan huj-ralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi kayta jilolandi.
Ensiklopediya.uz
NODIR DEVONBEGI MADRASASI