NIKOH
NIKOH — ikki jins vakillarining oʻzaro roziligi asosida tuzilgan ittifoq. Nikoh ogmaning vujudga kelishida birdan-bir asos boʻlgani bois u faqat axloq normalari bilan emas, balki maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga so-linadi. Ijtimoiy munosabat sifatida Nikoh turli jamiyat va tuzumlarda tur-licha koʻrinishda boʻlgan. Nikohni qayd qilish tartibi, Nikoh yoshiga qoʻyiladigan talablar turli mamlakatlarda bir-biridan farq qiladi. Bir qator mamlakatlarda Nikoh fuqaroviy-huquqiy bitim hisoblanib, uni rasmiylashtirish tartibi oila qonunchiligi bilan emas, fu-qaro qonunchiligi bilan belgilanadi. Fransiyada Nikoh yoshi ayollar uchun 15, er-kaklar uchun 18, Italiyada tegishlicha 14 va 16, GFRda esa 16 va 21, AQSHda (turli shtatlarida turlicha) 14—18 va 15—21 yosh qilib belgilangan. Nikohdan oʻtishda boʻlajak erxotinning mol-mulki toʻgʻrisidagi masala katta ahami-yatga ega. Buninguchun Nikoh shartnomalari tuziladi.
Ensiklopediya.uz
NIKOH