LINS

LINS

LINS — Avstriyadagi shahar. Yuqori Avstriya yerining maʼmuriy markazi, yirik sanoat shaxri. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni, Dunay daryosidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 188 ming kishi (2000). Linsda mamlakatda eng yirik «Fyost» metallurgiya kti qurilgan. Mashinasozlik, elektronika, kimyo, oyna-shisha, qogʻoz, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Oliy oʻquv yurtlari, konservatoriya, muzeylar bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16—20-a. larda qurilgan Yangi va Eski soborlar, imperator saroyi va b. saqlangan.

Ensiklopediya.uz
LINS